Mubolagʻa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mubolagʻa, giperbola — obrazli ifoda: adabiy asarda voqelikda mavjud va yoʻq boʻlishi dargumon shaxs, jonli va jonsiz narsa, voqea, hodisalarning nisbiylik mezonlari asosida kattalashtirib, burttirib, lofqofli aks ettirilishi. Mubolag'ali aksning bosh alomatlari hayotiylikdan chekinish, favquloddaviylik, gʻayritabiiylikdir. M.li inʼikoslar oʻxshatish, istiora, sifatlash, jonlantirish, taʼriz, tazod va boshqa badiiylik vositalarining muayyan darajadagi xizmatlari tufayli yaratiladi. M. koʻproq ogʻzaki va yozma adabiyotlardagi ertak, afsona, rivoyat va boshqa janrlarda, romantik, yumoristik, satirik usullarda yaratilgan asarlarda uchraydi. M.larga boy asarlar gʻoyat katta qiziqish, zavqshavq bilan oʻqiladi. M. vositasida yaratilgan ijobiy obrazlar oʻquvchini maf-tun etib, uning mehr-muhabbatini qozonsa, salbiylari kitobxon qalbida cheksiz gʻazabu nafrat hislarini uygʻotadi. Adabiyot nazariyasida M.ning koʻp xillari bor. Asosiylari: tabligʻ, igʻroq, gʻuluv. Tabligʻda boʻrttirilgan belgi, xususiyatlarning haqiqatga anchayin yaqinligi sezilib turadi. Mac: "Aningdek teshadin sakrab ushoq tosh, Ki nozir bir yigochdin qochurub bosh" (Navoiy, "Farhod va Shirin"). Igʻroqda boʻrttirilgan belgi, xususiyatlar, xatti-harakatlarni uquvchi xa-yolan tasavvur eta olsa ham, ularning hayotiyligiga ishongisi kelmaydi. Mac: "Bola borib-borib shunday kelbatli, kelishgan, baquvvat yigit boʻlib yetishibdiki, bir qoʻlida hoʻkizni koʻtararmish, kuringan daraxtni ildizpildizi bilan sugʻurib olib, bir joydan ikkinchi joyga koʻchira olar emish. Uning oldiga tushadigan, u bilan olishib yo bellashib, unga teng keladigan na odam topilibdi, na hayvon zoti..." ("Qayroqgosh bola" ertagidan). Gʻuluv — be-adad M. Unda boʻrttirilgan, lofqofli inʼikoslarning hayotda borligi u yoqda tursin, boʻlishi mumkinligiga ham mutlaqo ishonib boʻlmaydi. Mac, "Alpomish" dostonidagi "bir kam toʻqson" qalmoq alplarining qiyofalari gʻuluv vositasida tasvirlangan. Hammasining "kallasi kapaday, tanasi te-paday". Birining "shomurti yoqalab har yoqqa ketgan, ichida sichqonlar bolalab yotgan, izidan tushgan pishak olti oyda yetgan". Ikkinchisining "odam tushmas (tushunmas)... aytgan tiliga, besh yuz quloch arqon yetmas beliga". Uchinchisi "oh ursa, olamni buzar tovushi, toʻqson molningterisidan kovushi" vah.k. Qalmoq alplarini yuqoridagiday nohayotiy oshiribtoshirib, lofqofli tasvirlashdan asosiy maqsad Alpomish va uning doʻsti Qorajon qahramonligini, kuch-qudratini badiiy tasdiqlash, isbotlashdan iborat.
Murod Ibrohimov.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |