Muborak madrasasi
Muborak madrasasi — Samarqand madrasasi.
Madrasa | |
Muborak madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Amir Haydar |
Homiylar | Amir Haydar |
Binokorlik | 1813-yil—??? |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Tarixi
tahrirMuborak madrasasi 1813-yilda Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Haydar tashabbusi bilan bunyod etilgan. Samarqand Arkidagi Muborak masjidi oldida joylashgan boʻlgan. Samarqand ahli ushbu madrasani „Oliy madrasa“ deb nomlagan. Abu Tohirxoja oʻzining Samariya asarida ushbu madrasa toʻgʻrisida shunday yozib qoldirgan: „Samarqand arki ichkarisida, podshohlik taxti shaʼn, olimlar va fozillar ustozi, xilofatmakon moʻminlar amiri hazrat Sayyid Haydar hijriy 1228-yili (1813) qurdirgan“. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Mazkur madrasaga oid ikkiga vaqf hujjati saqlanib qolgan. Amir Haydar hijriy 1229-yili (1814) Shavdor tumani Dashtak qishlogʻidagi barcha yerlarni madrasa va masjid uchun vaqf qilgan. Madrasa pishiq gʻishtdan qurilgan boʻlib, oʻn hujrali boʻlgan. Bitta hujrasi madrasa darvozaxonasi tepasida joylashgan boʻlgan. Madrasa gʻarbida koʻcha va Baytul mol hovlisi, shimolida koʻcha, sharqida hukmdor koʻrinishxonasi sahni, janubida esa hukmdor hovlisi mavjud boʻlgan. Mazkur hujjatda vaqf mulklariga madrasa mudarrisi mutavvali boʻlgan. Mutavvali madrasani nazorat qilgan. U vaqf mulklaridan ushr olgan. Madrasada mudarris zarur bilimlar va dars qobiliyatiga ega boʻlishi kerak edi. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba yashagan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Mazkur hujjat Amir Haydar va 44 kishining muhri bilan tasdiqlangan[1]. Samarqand shahrini obodonlashtirish maqsadida koʻplab ishlar olib boradi. Amir Haydar taʼlim tizimining uzviyligini taʼminlash maqsadida oliy madrasalardagi oʻquv jarayoni va mudarrislar faoliyatini oʻz nazorati ostiga olgan[2].
Meʼmorchiligi
tahrirMuborak madrasasi 11 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.