Muchavs — Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq. 1926-yilgi tumanlashtirish roʻyxatida Mavchas yoki Mavchus tarzida uchraydi[1]. Etimologik maʼnosi nomaʼlum. Atamaning fonetik xususiyatiga yaqin boʻlgan majus (مجوس), yaʼni otashparast soʻzining oʻzgargan shakli deb faraz qilish mumkin. Bu atama esa qishloqning qadimiyligidan darak beradi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126-bet.