Mufel
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mufel (nem. Myffel) — pechda qizdiriladigan buyumni tashqi muhit yoki yoqilgʻi yonganda ajraladigan gazlar taʼsiridan himoyalaydigan kamera. M. pech ichiga joylashtiriladi. Yonish mahsulotlari M. tashqarisida harakatlanadi va issiklik uning devori orqali ichiga oʻtadi. Yonilgʻi (gaz) issiqbardosh quvurlar ichida yonadigan M. ham bor. Bunda quvurlar pechning ish boʻshligʻidan oʻtkaziladi. M. oʻtga chidamli gʻisht (shamot yoki karborund) dan yoki issiqbardosh metall qotishmalardan yasaladi. M. bir tekis qiziydi, kul yoki qurum bilan ifloslanmaydi. Qizdirilayotgan metallni oksidlanishdan saqlash uchun M. maxsus gaz bilan toʻldiriladi. M. kichik detallarni termik, kimyoviytermik ishlash va boshqalarda ishlatiladi. Elektr bilan qizdiriladigan M. ham bor. Ichiga M. joilashtirilgan pech mufelli pech deb ataladi. Bunday pechlarning ish unumdorligi — 70—600 kg/soat, issiklik sarfi — 5000—7000 kj/g. Kamera ichidagi trani 1300° gacha yetkazish mumkin.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |