Mugʻolon — Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq. Mugʻolon — koʻp uchraydigan etnotoponim. Oʻtmishda moʻgʻul elatiga mansub aholi yashaganini anglatadi. Aslida „moʻgʻulon“ tarzida yozilishi va talaffuz qilinishi kerak[1]. Moʻgʻul — barlos, jaloyir, saroy, sulduz va boshqa turk-moʻgʻul urugʻlarining umumiy nomi. Mamlakatimizning barcha viloyatlarida uchraydi. [2].


Manbalar

tahrir
  1. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126-bet. 
  2. Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.