Muhabbat (Qahhor asari)

oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub qissa

„Muhabbat“oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub qissa. Muallif bu qissani 1968-yil yozgan. Asar kitob sifatida ilk bor 1969-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. „Muhabbat“ Qahhor tirikligida yozgan soʻnggi asardir. Qissada ikki yoshning oʻz muhabbati uchun kurashi haqida soʻz yuritiladi.

Muhabbat
Muallif(lar) Abdulla Qahhor
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i qissa
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1969
Sahifalar soni 80

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: X. Ergashev – muharrir, N. Xoliqov – rassom, Yu. Pavlov – rasmlar muharriri, A. Boboxonov – texnik muharrir, Sh. Zuhriddinov – musahhih. Kitob adadi – 75 000 nusxa.

Havolalar tahrir