Muhammad Ali Sharar- Ahmadshoh va Temurshoh durroniy-lar podshohligi davrida yashab ijod qilgan dariyzabon shoir-lardan edi. Bilvosita maʼlumotlarga koʻra u 1740 yillar atrofida tavallud topgan.

Hayoti

tahrir

Shararning otasi Muhammad Nasir hozirgi vaqtda Hilmand viloyati hududiga kiritilgan Zamindovar nohiyasida yashagan ziyolilardan boʻlgan. U Ahmadshoh Durroniy podshohligining ilk yillaridayoq Qandahor ga koʻchib keladi va uning farzandlari shu shaharda oʻsib voyaga etadilar, oʻqib, oʻsha davrning fazilatli kishilaridan boʻlib etishdilar. Muhammad Nasir oilasidan chiqqan mashhur kishilardan biri Muhammad Ali Sharar boʻlsa, ikkinchisi uning jiyani Mulla Tohir edi. Mulla Tohir Shararning birodarzodasi boʻlib, avvaliga Qandahorda oʻqidi, keyinchalik, Mashhadda mashhur olim Adib Nishopuriydan taʼlim oldi. Mashhadda oʻqigan vaqtlarida u Eronning taniqli olimi Badiuzzamon Furunzonfar bilan sinfdosh boʻlgan, oʻzi ham Afg'oniston da keng tanilgan olim boʻlib etishdi. Uning mamlakatdagi shuhrati shu darajada ediki, vafotidan soʻng olim yashagan koʻchaga uning nomi berildi, hozirgacha bu koʻcha „Mullo Tohirvot“ Mulla Tohir shoh koʻchasi deb ataladi.

Ilmiy merosi

tahrir

Sharar oʻzidan sheʼrlar devonini meros qilib qoldirgan. Devonning noyob nusxalaridan biri Qandahorda yashaydigan oilalardan birining shaxsiy kutubxonasida saqlanadi. Bundan maʼlum boʻladiki, Sharar hayotligi davrida adabiyot muxlislari orasida shoir sifatida tanilgan edi. Shuningdek, uning sheʼrlaridan maʼlum boʻlishicha, Sharar umrining bir qismini Zamindovarda oʻtkazgan. U bir qasidasida oʻzining ishi yurishmagani, Zamindovarda yashash unga qiyin boʻlgani haqida Qandahor hokimi lavozimida xizmat qilgan Temurshohning toʻngʻich oʻgʻli Humoyunga bunday shikoyat qilgan edi: Nomu nishon topay desam, toleim madad qilmadi, Yoʻl topay, yordam olay desam, baxtim menga yor boʻlmadi. Bulbul kabi nola chekaman, jahon keng boʻlsa ham, Zamindovar menga qafasdek tor boʻldi. Shararning baʼzibir gʻazallarida, shoirning zamonadan norozilik kayfiyati baytlar aro yashiringandek tuyuladi. Bunday sheʼrlar zohiran keng maʼnodagi muhabbat mavzusiga bagʻishlangandek koʻrinsa ham, uning zamirida shoirning hasrati, ichki kechinmalari yotganini tasavvur qilish mumkin. در این حدیقه که آن سرو گلعذارم نیست چو عندلیب بجز ناله های زارم نیست کل و مل و چمن و باغ و نغمه بلبل چه سود از اینکه همه هست و لیک یارم نیست بیاد عارضش از سبزه یی نمی گذرم که ز اشک، لاله ستان دامن و کنارم نیست رقیب گفت: مکن اختیار عشق ورا دریغ و درد که عشقش به اختیارم نیست جهان ز ناله من پر است لیک چه سود که گوش یار سوی ناله های زارم نیست چنان ز تربتم آتش براید از عشق .که احتیاج به شمع سر مزارم نیست U gul yuzli sarvim boʻlmagan bu bogʻda , Mening bulbul kabi zor nolalarimdan oʻzga narsa yoʻq. Gul, narsa, chaman, bogʻ va bulbul nagʻamasi, Bular hammasi boʻlsayu, mening yorim boʻlmasa, nima foyda. Uning yuzini yodingda tutib sabzani bosib oʻtmayman, Koʻz yoshimdan lolazor kabi na chek, na chegaram yoʻq. Raqib dedi: uning ishqini ixtiyor etma, Afsus nadomatkim, uning ishqi mening ixtiyorimda emas. Jahon mening nolamdan toʻla, lekin ne foyda, Yorimning quloqlari mening nolayi zorimni eshitmasa? Mening xokimdan shunchalik ishq olovi chiqadiki, Mozorim ustiga shamʼ yoqishga ehtiyoj qolmaydi.

Manbalar

tahrir

[1] [2]

  1. Xusayn Noyil. {{{title}}} — 34-35-bet. 
  2. Rahmon Inomxo'jayev. {{{title}}}, Toshkent, 2016.