Muhammad Arzakiyoniy (arabcha: محمد الارزكيانى — Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Hasan ibn Ali ibn al-Hasan ibn Nasr ibn Boboj al- Arzakiyon al-Arzakiyoniy al-Buxoriy) — Roviy.

Muhammad Arzakiyoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 955-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Roviy

Muhammad Arzakiyoniy Buxoro ahlidan boʻlgan. U Arzakiyondan chiqib, Chinga borgan, undan kema orqali Basraga oʻtgan. U yerda Ali ibn Abu Tolib (raziyallohu anhu)dan islomni qabul qilgan.

Ustozlari va shogirdlari

tahrir

Buxoroda Sahl ibn Mutavakkil, Sahl ibn Bashr al-Kindiydan va Bagʻdodda Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal, Bashr ibn Muso al-Asdiylardan hadis ilmining sir-asrorlarini oʻrgangan va hadislar rivoyat qilgan. Manbalarda Muhammad Arzakiyoniydan oʻgʻli hadis rivoyat qilgani qayd etilgan.

Vafoti

tahrir

Muhammad Arzakiyoniy 344/955-yili shaʼbon oyida vafot etgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Abdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.1. — Bayrut. Lubnan 1998. 112.

Adabiyotlar

tahrir
  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 26.