Muhammad Hasan ibn Muhammad Ali al-Musoviy al-Ardabiliy an-Najafiy (1862-yil — 1930-yil) — usul al-fiqh sohasida xizmat qilgan olim. Taxminan 1862-yilda, Ardabilda tavallud topgan va oʻsha yerda oʻsib-ulgʻaygan. Oʻz yurtidagi fozil odamlardan boshlangʻich taʼlim olgan. Soʻngra Najafga borgan. U yerda Muhammad Kozim al-Yazdiy va boshqa olimlardan saboq olgan va 1930-yilda, shu yerda vafot etgan va „as-Salom“ vodiysiga dafn etilgan[1].

Muhammad Hasan al-Ardabiliy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1862-yil (hijriy 1278-yil)
Vafoti milodiy 1930-yil (hijriy 1348-yil)
Dini Islom

Manbalar tahrir

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Renessans olimlari qomusi (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 154 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.