Muhammad Maarifi masjidi (turkcha: Maarifi Sultan Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Kartal tumanida joylashgan tarixiy masjid, bir vaqtlar Rifaʼi xonaqohi boʻlgan[1].

Masjid
Muhammad Maarifi masjidi
turkcha: Maarifi Sultan Camii
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Kartal tumani
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 1818 yil

Tarixi

tahrir

Masjid hududi 1818-yildan buyon Muhammad Maarifi tomonidan qurilgan Rifaʼi xonaqohi boʻlgan. Xonaqoh 1894-yilda Istanbulda sodir boʻlgan zilzilada vayron boʻlgan, ammo qisqa muddatda qayta tiklangan. 1925-yilgi Atatürk inqiloblari (talaffuzi: Otaturk) Turkiyada xonliklar faoliyatini taqiqlab qoʻyadi, shu sababli xonaqoh ham uyga aylantirilgan. Taxminan 1940-yilga kelib, namozxona va qabrdan tashqari bino qarovsiz qolgan. 1964-yilda xonaqohda taʼmirlash ishlari boshlangan, 1976-yilga kelib esa bino masjidga aylantirilgan. 1980-yilda masjidga qoʻshimcha ravishda minora va shodirvon (tahorat olinadigan favvora) qurilgan[2].

Muhammad Maarifi

tahrir

Muhammad Maarifi Muhammad paygʻambarning avlodlaridan boʻlib, Edirneda (baʼzi manbalarga koʻra Misr) tavallud topgan. Soʻnggi Usmoniylar imperiyasi davrida Kartalda qoʻnim topgan va oʻsha yerda Maarifiyye Rifaʼi tasavvuf tariqatiga asos solgan. Muhammad Maarifi vafot etgach, qabri ustiga türbe (maqbara) qurilgan. Maarifi asos solgan tariqat Istanbuldan tashqarida unchalik keng tarqalmagan boʻlsa-da, mamlakatda kamida ikkita Maarifi xonaqohi mavjud boʻlib, ularning biri Kartalda, ikkinchisi shaharning Yevropaga yaqin qismida joylashgan.

Manbalar

tahrir

40°53′18″N 29°11′26″E / 40.8883°N 29.1906°E / 40.8883; 29.1906