Muhammad Odilshoh maqbarasi — Bijapur (Xindiston)dagi meʼmoriy yodgorlik (1626—1660). "Gol-gumbaz" maqbarasi deb ham nomlanadi. Maqbara murabba tarxdi (60x60 m), balandligi 65 m, ichi ravokli, ustunsiz va bezaksiz. Gumbaz (diametri 41 m) kattaligi jihatidan jahonda 2-oʻrinni egallagan. Doira shaklida pishiq gʻishtdan terilgan. Uning asos qalinligi 3 m, yuqori qismi qalinligi esa 2,72 m dir. Ichi ravoqlari va balandligi hisobiga ancha keng koʻrinadi, 4 burchagida bir Muhammad Odilshoh maqbarasi. xilda alohida minoralar ishlangan. Minoralar jimjimador shaklda, aylana tarxli, mayda ravoqchali darchalardan tashkil topgan. 7 qatlamli, yuqorisidagi qafasasi gumbazcha bilan yakunlangan. Bu minoralar oʻziga xos koʻrinishi bilan hashamatli binoni ixcham qilib koʻrsatadi. Bosh tarzi 3 qismli, oʻrtadagi kiraverish turli shakldagi mayda ravoqchalar va sharafalar bilan bezatilgan. Maqbara Boburiylar hukmronligi davrida qurilgan. Tuzilishi Ismoil Somoniy mafarasjg. oʻxshash. Unda Oʻrta Osiyo va Hindiston meʼmorligi oʻzaro uygʻunlashgan. M.O.M. muhandisqurilish sohasidagi buyuk namunadir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil