Muhammad Olim
Bu sahifani tezda oʻchirish taklif etiladi.
Sababi: U11: Mualliflik huquqlarining yaqqol buzilishi. 390-bet. Agar ushbu sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni munozara sahifasida qoldiring. Sahifa muallifiga: Mazkur ogohlantirish xabarini aslo oʻzingiz olib tashlamang.Administratorlarga: bu yerga ishoratlar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • oʻchirish Bu sahifa oxirgi marta Mrshaxas (hissasi | qaydlar) tomonidan 18:47, 12-Mart 2024 (UTC) (30 kun avval) da tahrir qilingan. |
Muhammad Olim (14–15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan samarqandlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Mirzo Ulugʻbekka hamsaboq va musohib boʻlgani, qoʻrqmas va betakalluf kishi ekani, sultonning suhbatlarida oʻzini gʻoyat beandisha tutganligi uchun Mirzo Ulugʻbek uni Samarqanddan surgun qilgani va Hirotga kelib, shu yerda vafot etganligini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Mo siyahbaxtemu badroʻzemu axtarsoʻxta,
Shamʼi maqsude ba umri xud shabe nafroʻxta.
Mazmuni: Biz baxti qaro, yomon kunga qolgan va yulduzi soʻngan kishimiz; butun umrimiz davomida biror kecha ham maqsadimiz shami yonmagan[1][2].