Muhammad Rafi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Muhammad Rafi (1924.4.12, Panjob shtati — 1981.31.7, Bombay) — hind xonandasi. Nihoyatda jozibali, keng diapazonli ovoz sohibi. Dastlabki musiqa saboqlarini Abdul Vohiddan olgan. 13 yoshidan oʻz xushovozligi bilan tanilib, yirik shahar (Bombay, Dehli va boshqalar) larda konsert bergan. 1940-yillardan boshlab Bombay radiosi va kinostudiyalarida ishlagan. Qariyb 40 yillik faoliyati davomida koʻpgina hind kinofilmlarida ("Bav-ju bavra", "Dunyo", "Sangam", "Tojmahal", "Qasos va qonun" va boshqalar) minglab qoʻshiq kuylagan. Repertuaridan, shuningdek, hind mumtoz "gʻazal"lari, panjob, bengal, tamil tillarida aytilgan qoʻshiklari oʻrin olgan. Hindistondagi "Film-feyer" festivali hamda "Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi" uchun beriladigan Davlat mukofotiga bir necha bor sazovor boʻlgan (1961—80).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |