Muhammad Surxakatiy (arabcha: محمد سرهاقاتي — Muhammad Surxakatiy — Toʻliq ismi: Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Foil Surxakatiy (vafoti 1124-yil)) — imom.

Muhammad Surxakatiy
Tavalludi

XI asr
Surxakat qishlogʻi.

Imom

Hayoti

tahrir

Muhammad Surxakatiy XI asr ikkinchi yarimida "Surxakat" qishlogʻida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni „Surxakat“ qishlogʻida olgan. Keyinchalik ilm-maʼrifatini ziyoda qilish niyatida Samarqandga koʻchib kelib, shu yerda muqim yashab qolgan. U hanafiy mazhabining taniqli imomlaridan biri boʻlgan. Muhammad Surxakatiy „Majdu-l-aimma“ va „Majdu-d-din“ degan sharafli laqablarga ega boʻlgan. Alloma Xosimiy „Al-fatovo“ asarida Muhammad Surxakatiy biln birga Buxoroga borganligini taʼkidlab oʻtgan.[1]

Vafoti

tahrir

Muhammad Surxakatiy 518/1124-yili Samarqand shahrida vafot etgan.[2].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 623.
  2. Ataev M. Jizzax allomalari. — B. 68.

Adabiyotlar

tahrir

Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti. 2018.