Muhammad Yusuf Qahhol
Muhammad Yusuf Qahhol — toshkentlik alloma. Muhammad Yusuf tabib oilasidan chiqqan bo'lib, uning tarjimayi holi to'g'risida maʼlumotlar yetib kelmagan. Muhammad Yusufning o‘g‘li Ubaydulloh ko‘z kasalliklari tabiblaridan biri bo‘lgan[1].
Muhammad Yusuf Qahhol | |
---|---|
Tavalludi | nomaʼlum |
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida Muhammad Yusufning ikkita asari qo‘lyozmasi saqlanadi. Ularning bir „Risola fi-t-tahqiq va-t-tafsirot an-nabz“ („Tomir orqali kasallikni aniqlash haqida risola“) nomli asaridir. Qo‘lyozma asar fors tilida bo‘lib, 27 varaqdan iborat. Mazkur asar tomir urishini tekshirishga bag‘ishlangan. Asarda muallif „Domla Muhammad Yusuf Qahhol“ deb qayd etilgan. Asarning baʼzi varaqlarida Ibn Sinoning „Tib qonunlari“ asaridan misollar keltirilib, baʼzi masalalarda unga havola ham qilingan.
Muhammad Yusufning bizga yetib kelgan ikkinchi asari ham yuqoridagi asari saqlanayotgan to‘plam ichida, faqat jild ichidagi asarlar raqamlanganda bu risola yettinchi bo‘lib tushgan. Risolada muallif nomi Muhammad Yusuf ibn Abdullatif tabib deb keltirilgan. Muhammad Yusuf Qahhol koʻproq asarlari tibbiyotga oid hisoblanadi. Uning bir qator asarlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda[2].