Muhammad Yusufboy madrasasi Qozikalon Mir Badriddin oliy hukmdorga yozgan arznomalaridan birida Muhammad Yusufboy madrasasi mudarrisi mulla Shafi' o‘rniga Abduxoliqboy go‘rxonasi hujralari mudarrisi mulla Hidoyatullaxoja tayinlanayotganini maʼlum qilgan. Maoshi 10 tilla . Yusufboy madrasasi nomi yana uchta hujjatda uchragan. Ularda mudarris maoshi yiliga 8 tilla ekani taʼkidlangan. Sadr mufti mulla Mir Abulhay arznomasida Yusufboy madrasasida 7 tilla maosh bilan dars berib yurgan mulla Muhiddin Abdukarimboy attor madrasasiga o‘tgani aytilgan.[1]

Muhammad Yusufboy madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Manbalar

tahrir
  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 382.