Muhammad al-Ardabiliy (yozuvchi, 1471-yil vafot etgan)
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad al-Ardabiliy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 1471-yil (hijriy 875-yil) |
Dini | Islom |
Muhammad ibn Amin as-Saidiy al-Ardabiliy (? — 1471-yil) — „Mir Abul Fath“ nomi bilan mashhur boʻlgan fozil. Qozizoda ar-Rumiydan ilm oʻrgangan. U 1471-yildan keyin vafot etgan.
Asarlari
tahrir- „Hoshiya ala sharhi odobi-l-fozil“ („Fozil inson odobi haqidagi sharhga hoshiya-izoh“)
- „Hoshiya ala sharhi Qozizoda li-ashkoli-t-taʼsis“ (Shamsuddin as-Samarqandiyning „Ashkolu-t-taʼsis“ asariga Qozizoda Rumiy tomonidan yozilgan sharhga hoshiya-izoh")
- „Hoshiya ala sharhi-t-Tabriziy“ („at-Tabriziy sharhiga hoshiya-izoh“)
- „Hoshiya ala qismi-l-mantiq mina-t-tahzib li-t-Taftazoniy va ala sharhi tahzibi-l-mantiq li-Jaloluddin ad-Davvoniy“ (Taftazoniy qalamiga mansub „Tahzib“ning mantiqqa oid qismiga va Jaloluddin Davvoniyning „Tahzibu-l-mantiq“ sharhiga hoshiya-izoh")
- „Hoshiya ala sharhil-odobi-l-azdiya“ („Sharhu-l-odobi-l-azdiya“ga hoshiya-izoh")[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Renessans olimlari qomusi (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 154-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |