Muhammad al-Azrakiyoniy (arabcha: محمد الأَزركيانى — Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Hasan ibn Ali ibn al-Hasan Boboj ibn al-Azrakiyon — Roviy.

Muhammad al-Azrakiyoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 955-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Roviy

Muhammad al-Azrakiyoniy Buxoro ahlidan boʻlib, IX asrning ikkinchi yarmida tugʻilgan. Azrakiyon uning bobolaridan birining ismidir. Unga nisbat berilib, Muhammad al-Azrakiyoniy nomi bilan tanilgan. U boshlangʻich taʼlimni Buxorda olgan. Keyinchalik ilm talabida Iroqqa borgan.

Ustozlari

tahrir

Muhammad al-Azrakiyoniy hadis ilmining sir-asrorlarini Buxoroda Shahl ibn al-Mutavakkil, Abu Suhayl Sahl ibn Bashir al-Kindiy, Ahmad ibn Rizvon, Saʼid ibn Zokir al-Asdiy, Muso ibn Aflahdan kabi olimlardan oʻrgangan va ulardan hadislar rivoyat qilgan. Bagʻdodda Maʼoz ibn al-Masaniy al-Anbariy va Bashr ibn Muso al-Asdiy kabi roviylardan hadislar tinglagan.

Vafoti

tahrir

Muhammad al-Azrakiyoniy 344/955-yili shaʼbon oyida vafot etgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Abdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.1. — Bayrut. Lubnan 1998. 127.

Adabiyotlar

tahrir
  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 32.