Muhammad al-Poykandiy
faqih va muhaddis
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
(Abu Abdulloh) Muhammad ibn Salom ibn Faraj as-Sullamiy Mavlohum (ularning rahnamosi) al-Buxoriy al-Poykandiy (hijriy 162-yil (milodiy 779-yil)da tavallud topib, hijriy 225 yoki 227-yil safar oyida yakshanba kuni (milodiy 840-842-yil)da vafot etgan) — Bani Salimning mavlosi, Movarounnahr ahliga mansub muhaddis va faqih boʻlgan. Koʻpgina hadislarning bizgacha yetib kelishida uning hissasi bor. Shuningdek, u ilmning deyarli har bir bobiga oid asarlar tasnif qilgan va hadis izlab boshqa oʻlkalarga borgan[1].
Muhammad al-Poykandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 779-yil (hijriy 162-yil) |
Vafoti | milodiy 840-842-yil (hijriy 225-227-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis va faqih |
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 160-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |