Muhammad as-Samarqandiy (Abu Mansur)

Muhammad as-Samarqandiy (arabcha: محمد السمرقندي — Muhammad as-Samarqandiy — Toʻliq ismi: Abu Mansur Muhammad ibn Sulaymon Samarqandiy Bag‘dodiy (vafoti 1223-yili)) — Adib va riyoziyotchi.

Muhammad as-Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1223-yil (hijriy 620-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi Adib, riyoziyotchi

Hayoti

tahrir

Muhammad ibn Sulaymon as-Samarqandiy, asli al-Bag‘dodiy — fozil amirlar avlodidan boʻlgan. Adab ilmi va riyoziyotni yaxshi bilgan. Milodiy 1223-yili (hijriy 620-yili rabiussoniy oyining 16-sanasida) vafot etgan. Muhammad as-Samarqandiyning adab ilmiga oid „At-tibru-l-masbuk“ („Yombi“) nomli asari va bir qancha sheʼrlari bo‘lgan. [1]

Asarlari

tahrir
  • „at-Tibr al-masbuk“ („Yombi“) nomli asari bor[2].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 576.
  2. Z. Munavvarov va boshqalar. Renessans olimlari qomusi (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 118-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.