Muhammad as-Samarqandiy (Najibuddin Abu Homid)
tabib
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad ibn Ali ibn Umar as-Samarqandiy — tabib bo‘lgan. (Mo‘g‘ul) Tatarlar Hirot shahriga bostirib kirganda, o‘sha yerda o‘ldirilgan.
Muhammad as-Samarqandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | tabib |
Asarlari
tahrir- „Ag‘ziyatu-l-marziy“ („Bemorlar uchunovqatlar“);
- „al-Asbob va-l-alomot“ („Sabablar va alomatlar“, muallif ushbu asarni 827-hijriy yil safar oyining oxirida Samarqandda yozib tugatgan va uni sulton Ulug‘bekka hadya qilgan. Ushbu asar „al-Hamdu lillohi alaniʼamaihi-s-sobig‘a…“ („Neʼmatlari mukammal Zot — Alloh taologa hamd-u sanolar bo‘lsin!…“ deb boshlanadi.
- „Kitobu-l-aqrobozini-l-kabiyr“ („Dorishunoslikdagi katta kitob“);
- „Kitobu-l-aqrobozini-s-sag‘iyr“ („Dorishunoslikdagi kichkina kitob“);
- „al-Abdol mina-l-maʼojinva-l-aqros va-l-adviya-l-mufrada al-mustaʼmala va xavosuho va afʼoluho“ („Qorishmalar, tabletkalar va qo‘llaniladigan yagona davolar o‘rniga ishlatiladigan narsalar va ularning xususiyatlari va taʼsiri“);
- „Asbobu-l-ilal va ilojuho va alomatuho“ („Kasalliklarning sabablari, muolajasi va alomatlari“);
- „Usul at-tarkib al-adviya“ („Dorilarni tayyorlash usullari“);
- „al-Ag‘ziya va-lashriba li-l-marzo“ („Kasallar uchun taomlar va ichimliklar“);
- „Risola fiabdoli-l-adviya“ („Dorilar o‘rniga ishlatiladigan narsalar haqidagi risola“);
- „Risola fi-l-atʼima“ („Taomlar risolasi“);
- „Risola fi-l-atʼima li-l-asʼho“ („Sog‘lom odamlaruchun taomlar risolasi“);
- „Risola fimadovot vajʼi-l-mafosil“ („Revmatizm og‘rig‘ini davolash risolasi“);
- „Sharhu-l-asbob va-l-alomat li Nafis ibn Avz al-Karomoniy“ („Nafis ibn Avz al-Karomoniyning sabablarva alomatlar asariga sharh“);
- „Kitobu adviyati-l-qalb va ma yataʼallaq bihi“ („Yurak va unga aloqador aʼzolar uchun dorilar kitobi“);
- „Navodiru-l-hikma“ („Nodir hikmatlar“);
- „al-Majmuʼ fi-t-tibb“ („Tibbiyotga oid to‘plam“);
- „an-Najibiyot fi-ttibb va yuʼrafu bi-l-asbob va-l-alomat“ („Sabablar va alomatlar“ nomi bilan tanilgan tabobatga oidsaylanma kitob");
- „al-Irshod fi attibbi-n-nofiʼ lijamiʼi-l-amroz“ („Tibbiyotda barcha kasalliklarga doir foydali ko‘rsatmalar“)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 138-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |