Muhammad as-Saraxsiy (Raziyuddin)
Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad as-Saraxsiy (Raziyuddin), al-Hanafiy (Burhonuddin) — usulchi faqih bo‘lgan. Bir qancha vaqt Halabda yashagan. Al-G‘alaviya madrasasida taʼlim berish jarayonini boshqargan. Lekin hanafiy faqihlardan bir jamoa unga qarshi chiqqan va Nuruddin Zankiyning oldida uning xizmatlarini past baholaganlar. U milodiy 1176-yil (hijriy 571-yil) rajaboyining oxirgi juma kuni vafot etgan.
Muhammad as-Saraxsiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 1176-yil (hijriy 571-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | usulchi faqih |
Asarlari
tahrir- „al-Muhit al-kabiyrfi-n-nahv“ („Nahv haqida katta okean“, 40 jildli)
- „al-Muhit as-soniy“(„Ikkinchi Muhit“, 10 jildli)
- „al-Muhit ar-robiʼ“ („To‘rtinchi Muhit“,2 jildli). Mazkur asarlarning barchasi fiqh ilmiga oiddir.
- „Al-Vajizfi-l-usul“ („Usul haqida moʻjazkitob“)
- „Kitobu-z-zaxira“ („Zaxira kitobi“)
- „Fatovo sag‘iyra“ („Kichik fatvolar“)[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 117 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |