Muhammad as-Sinjoriy
usulchi faqih
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Muhammad as-Samarqandiy, as-Sinjoriy, al-Hanafiy (Samarqand yoki Sinjorda hijriy 675-yil (milodiy 1277-yil)da tug‘ilib, Mordinda hijriy 721-yil (milodiy 1321-yil)da vafot etgan) — samarqandlik usulchi faqih bo‘lgan. Mordinda yashab, fatvo va dars bergan.
Muhammad as-Sinjoriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1277-yil (hijriy 675-yil) |
Vafoti |
milodiy 1321-yil (hijriy 721-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | usulchi faqih |
Asari
tahrir- „Umdatu-t-tolib li maʼrifat-l-mazohib“ („Tolibning mazhablarni bilishdagi tayanchi“).
Shuningdek, uning qalamiga mansub bir qancha sheʼrlar bo‘lgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 137-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |