Muhammad at-Tolibiy (arabcha: محمد الطالبى — Abu Yaʼmar Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Tolib ibn Ali ibn al-Hasan at-Tolibiy az- Zariyr) — Roviy. Muhammad at-Tolibiy Nasaf ahlidan boʻlgan. Manbalarda u haqda turlicha maʼlumotlar keltirilgan. Muhammad at-Tolibiy bir qancha allomalardan taʼlim olgani, hadislar rivoyat qilgani va shogirdlar tayyorlagani qayd etilgan.

Muhammad at-Tolibiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 996-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Roviy

Vafoti

tahrir

Muhammad at-Tolibiy 386/996-yili vafot etgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Abdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.4. — Bayrut. Doru-l-fikr, 1998. 29.

Adabiyotlar

tahrir
  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.