Muhammad at-Turvoxiy (arabcha: محمد الطرواخى — Abulfazl Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Said at-Turvoxiy) — Faqih va roviy.

Muhammad at-Turvoxiy oʻrta asrlarda Buxoroga qarashli Turvoxo qishlogʻida tugʻilgan. U shofiʼiy mazhabining faqihlardan boʻlgan. Muhammad at-Turvoxiy hadis borasida ishonchli roviy boʻlgan.

Asarlari

tahrir

Muhammad at-Turvoxiyning "Usulu sihoh" ("Ishonchli hadislarning usullari" va "Simoʻotu fi kutubi-n-nac" ("Odamlarning kitoblaridan eshitganlarim") kabi asarlari boʻlgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Abdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.4. — Bayrut. Doru-l-fikr, 1998. 64.

Adabiyotlar

tahrir
  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.