Muhammad bin Yusuf Banno
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad bin Yusuf Banno – “Nasoyim ul-muhabbat”da zikr etilgan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Abdulloh. Isfahonning yirik shayxlaridan, hadis ilmining bilimdoni. Tajrid va tavakkul bilan haj safarini ado qilgan. Quruvchilik kasbi bilan kun kechirgan. Halol kasb orqasidan kun kechirishni targʻib qilgan. Ali bin Sahl Azhar Isfahoniy, Ali bin Hamza Isfahoniy, Muhammad bin Fozaning ustozi. Junayd Bagʻdodiydan maktub olib, maktub joʻnatgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |