Muhammad ibn Adiy Samarqandiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad ibn Adiy Samarqandiy (arabcha: محمد بن عدي سمرقندي — Muhammad ibn Adiy Samarqandiy — Toʻliq ismi: Abu Solih Muhammad ibn Adiy ibn Fazl Samarqandiy (vafoti 1052-yil)) — muhaddis va faqih.
Muhammad ibn Adiy Samarqandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 1052-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Muhaddis, Faqih |
Hayoti
tahrirMuhammad ibn Adiy Samarqandiyning tavallud topgan yili haqida maʼlumotlar yo‘q, 444/1052-yili vafot etgan. Muhammad ibn Adiy Samarqandiy Suriyaning Damashq shahrida, Samarqandda va Misrda yashab ijod qilgan. Damashqda Abulhasan Maydoniydan, Misrda Abu Muslim Kotibdan, shuningdek, Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Ishoq Halabiy, ibn Simnoviy nomi bilan taniqli Abulhusayn Ahmad ibn Muhammad Azhar Tanisiy, Muhammad ibn Suroqa Omiriy, Ahmad ibn Muhammad Jumoziy singari muhaddislardan taʼlim olgan va hadis rivoyat qilgan. Muhammad ibn Adiy Samarqandiy shogirdlari sirasiga Abu Robi’ Sulaymon ibn Dovud ibn Hafs Jabaliy, Abu Abdulloh ibn Xattob, Sahl ibn Bishr, Abulhasan Ali ibn Ahmad ibn Sobit Usmoniy Dibojiy va Abu Muhammad Hayoj ibn Ubayd Xatibiylar kiradi. Muhammad ibn Adiy Samarqandiy yozgan asari haqida maʼlumotlar topilmadi. Allomaning nomi hadislar rivoyatida kelgan xolos.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 569.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |