Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf Samarqandiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf Samarqandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Astronom |
Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf Samarqandiy (arabcha: محمد بن أحمد بن يوسف سمرقندي — Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf Samarqandiy (IX asrda yashagan)) — astronom.
Hayoti
tahrirMuhammad ibn Ahmad ibn Yusuf Samarqandiy Movarounnahrda Ulug‘bekkacha yulduzlar ilmi bilan shug‘ullangan olim boʻlib, 251/865-252/866-yillar mobaynida Samarqandda astronomik kuzatishlar olib borgan. Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf Samarqandiyning jadvallari ibn Yunus Masdariyning (vafoti 399/1009-yil) „Ziju-l-kabiri-l-Hakimiy“ („Hakimga bag‘ishlangan katta zij“) nomli yulduzlar jadvalida bizgacha yetib kelgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 575.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |