Andoza:Wikidata image

Muhammad ibn Ali Navqadiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Roviy

Muhammad ibn Ali Navqadiy (arabcha: محمد بن علي نوقدي — Muhammad ibn Ali Navqadiy — Toʻliq ismi: Hamididdin Muhammad ibn Ali ibn Muhammad Navqadiy Fardiy — Roviy.

Faoliyati

tahrir

Muhammad ibn Ali Navqadiy ko‘plab hadislar rivoyat qilgan allomalardan biri bo‘lib, Najmiddin Abu Muhammad Umar ibn Ahmad Koxushtuvoniy undan hadis rivoyat qilgan. U haqida do‘sti alloma Sirojiddin Abu Tohir Muhammad ibn Muhammad ibn Abdurrashid Sijovandiy o‘zining "Al-faroiz” (“Meros”) nomli fiqhiy asarining muqaddimasida eslab o‘tgan. Lekin mavjud manbalarda uning tavalludi yoki vafot etgan yili haqida birorta maʼlumot keltirilmagan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 422.