Muhammad ibn Hasan Kosoniy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad ibn Hasan Kosoniy (arabcha: محمد بن حسن كاساني — Muhammad ibn Hasan Kosoniy — Toʻliq ismi: Muhammad ibn Hasan Burhoniddin Kosoniy (vafoti XII asr)) — Faqih.
Muhammad ibn Hasan Kosoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih |
Faoliyati
tahrirMuhammad ibn Hasan Kosoniy fiqh ilmining usul (islom huquqi asoslari) va furu (amaliy islom huquqi) bo‘limlarida mukammal ilmga ega bo‘lgan. Zamondoshlari orasida ko‘p hadis yod olganligi bilan ham tanilgan. Najmiddin Umar Nasafiy va Abulyusr Pazdaviyning shogirdi bo‘lgan. O‘z navbatida Ashraf ibn Najib ibn Muhammad Abulfazl Kosoniy, Muhammad ibn Abdulkarim Turkistoniyga ustozlik qilgan. Manbalar uning 576/1181-yil haj safari chog‘ida Bag‘dodda bo‘lganligini maʼlum qiladi. Samarqandda yashab ijod qilgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 342.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |