Muhammad ibn Hasan Yorkasiy

faqih

Muhammad ibn Hasan Yorkasiy — (1055—1126 yillar) roviy va faqih bo‘lgan.

Muhammad ibn Hasan Yorkasiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy, faqih

Abu Bakr Muhammad ibn Hasan ibn Jaʼfar ibn Ali ibn Ahmad Yorkasiy 447/1055—yilda Ustrushananing „Yorkas“ qishlogʻida tug‘ilgan. Keyinchalik Samarqandga koʻchib oʻtadi va shu yerda muqim yashaydi. Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy alloma haqida shunday deydi: „Doʻstimiz Muhammad ibn Muhammad ibn Hasan Yorkasiyning otasi Samarqandda yashab, qozi imom Muhammad ibn Ahmad Xaffofdan fiqh ilmidan taʼlim olgan“. Muhammad ibn Hasan Yorkasiy hadislarni Abu Bakr ibn Hamza Madiniy vositasida qozi Abu Ali Hasan ibn Muhammad ibn Jaʼfar Faqoiydan eshitib, yozib olgan. 520/1126—yilda vafot etgan. Chokardiza qabristoniga dafn etilgan[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar

tahrir
  1. Ataev M. Jizzax allomalari. — B. 87.