Muhammad ibn Hatim
Muhammad ibn Hatim (arabcha: محمد بن حاتم, oʻqilishi: Muḥammad ibn Ḥātim) 1328-1329-yillarda Yamanda oʻn ikkinchi Toyyibiy ismoiliy daʼī al-muṭlaq lavzimida ishlagan[1].
Muhammad ibn Hatimning hukmronlik davri Yaman daʼilari orasida eng qisqa muddatlilardan biri boʻlgan.
U Ibrohim ibn al-Husayndan keyin bu lavozimga kelgan va oʻz navbatida uning oʻrnini Ibrohimning oʻgʻli Ali Shamsuddin I egallagan[1].
Oilasi
tahrirU sakkizinchi daʼi, al-Husayn ibn Alining nabirasi edi. Uning Ali, Abdulmuttalib va Abbos ismli uch oʻgʻli boʻlgan.
Qabri
tahrirUning qabri, oʻn birinchi va oʻn uchinchi daʼilarning qabrlari bilan birga, yaqin vaqtgacha yashirin holatda boʻlgan va keng ommaga nomaʼlum holda saqlangan. Keyinchalik, Yaman arxeologiya boshqarmasi va u yerda yashovchi Dovudiy Bohralar hamkorligida ushbu qabrlar Hisn Afida degan joyda ekanligi aniqlangan. 2018-yil 25-noyabrda 53-daʼi al-muṭlaq Mufaddal Sayfuddin bu qabrlarning mavjudligini oshkor qilgan.
Galereya
tahrir-
Hisn Afidada uchta da’ining qabri aniqlangan
-
Sana yaqinidagi al-Mahariq hududida joylashgan Hisn Afida tepaligiда 11-, 12-, 13- va 15-da’ilarning qabrlari joylashgan
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Daftary 2007, s. 268.
Havolalar
tahrir- Daftary, Farhad. The Ismāʿı̄lı̄s: Their History and Doctrines, Second, Cambridge: Cambridge University Press, 2007. ISBN 978-0-521-61636-2.