Muhammad ibn Husayn Mirakiy Samarqandiy
Muhammad ibn Husayn Mirakiy Samarqandiy (16-asr) — xattot. U nastaʼliq xatida koʻchirgan Ali ibn Husayn al-Ansoriyning dorishu-noslikka oid "Ixtiyoroti Badiyʼiy" (Badiyʼiyga bagʻishlangan saylanmalar", 1541, OʻzFA SHI, inv. №1598) asarini koʻchirgan. Bu qoʻlyozma nihoyatda chiroyli bezalgan, unga 602 rasm ishlangan; ularda dori sifatida ishlatiladigan giyoh, daraxt va jonivorlar tasvirlangan. Nemis olimi K. Brokkelmanning taʼkidlashicha, Muhammad Ibn Husayn Mirakiy Samarqandiy H. Ahmad ibn Hojar alhaysamiyning "Ithof ixvon assafo bi nubiz min axbor al-xulafo" ("Oq koʻngillilarning xalifalari tarixidan olingan maqolalar tuhfasi", 1574) asariga sharh yozgan.[1]
Manbalar tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |