Muhammad ibn Muhammad Axsikatiy

Muhammad ibn Muhammad Axsikatiy(arabcha:محمد بن محمد احسكاتي — Muhammad ibn Muhammad Axsikatiy — Toʻliq ismi:Abu Abdulloh Husomiddin Muhammad ibn Muhammad ibn Umar Axsikatiy (vafoti 644/1247-yil)) — faqih,nazariyotchi va usulshunos.

Muhammad ibn Muhammad Axsikatiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Tarixi

tahrir

Muhammad ibn Muhammad Axsikatiy fiqh ilmi nazariyasi, yaʼni usuli fiqhda taniqli, mashhur olim boʻlgan. Muhammad ibn Muhammad Axsikatiy Fargʻona ulusi poytaxti Axsikatda tugʻilgan.

Asarlari

tahrir

Fiqh ilmi sohasida mashhur boʻlib ketishiga sabab boʻlgan „Al-muntaxab fi usulil mazhabasarini yozgan. Muhammad ibn Muhammad Axsikatiyning shoh asari boʻlgan „Al-muntaxab…“iga Sigʻnoqiyning „Al-vofiy“, Abdulaziz BuxoriyningGʻoyatu-t-tahqiq“, Amir Kotib Itqoniyning „At-tibyon“, Abulbarakot Nasafiyning maxsus sharhlari bagʻishlangan. AllomaningAl-muntaxab…“ asari Lakhnavda (1877 mil., 1318 h., 1324 h.), Dehlida (Hindiston) 1326/1907-yillarda nashr etilgan. Bu nashrlar orasida Muhammad ibn Muhammad Axsikatiyning „Al-muntaxab..“iga Alouddin Abdulaziz ibn Ahmad ibn Muhammad Buxoriyning (739/1330-yil) „Sharhul muntaxab“ kitobi eʼtiborli deb qaraladi (Lakhnav 1671, 1876-yillardagi nashrlari mavjud).[1]

Manbalar

tahrir
  1. Hoji Xalifa. Kashfuz zunun. J.2. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi