Muhammad ibn Solih Karobisiy(arabcha:محمد بن صالح كروبيسي — Muhammad ibn Solih Karobisiy — Toʻliq ismi:Abulfazl Muhammad ibn Solih ibn Mahmud ibn Haysam Karobisiy Ushtobdiyzakiy Samarqandiy (vafoti 322/934-yil)) — Muhaddis va roviy.

Muhammad ibn Solih Karobisiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis,roviy

hayoti

tahrir

Muhammad ibn Solih Karobisiy hadislarni koʻp aytadigan ishonchli va fozil inson boʻlgan. Samarqand va Bagʻdodda ilm ahliga mansub boʻlgan jamoalarning juda koʻp vakillari, jumladan, Abdulloh ibn Abdurrahmon Doramiy, Abu Hafs Umar ibn Xuzayfa Karobisiy Bohiliy, Shuʼayb ibn Lays Kogʻaziy, Yoqub ibn Yusuf Luʼluʼiy, Ali ibn Dovud Qantariy, Abbos ibn Muhammad Duriy, Muhammad ibn Isʼhoq Sugʻoniy va boshqalardan hadis rivoyat qilgan.[1] Oʻz navbatida koʻpchilik ulamolar Muhammad ibn Solih Karobisiydan hadis rivoyat qilganlar. 322/934-yilda vafot etgan.[2] AllomaFuruq fi furu’i-l-hanafiyya“ („Hanafiyya mazha-bi shoxobchalaridagi farqlar“) asari muallifi bo‘lgan.[3]

Asarlari

tahrir
“Furuq fi furu’i-l-hanafiyya”

Manbalar

tahrir
  1. Samʼoniyil Al-ansob. — B. 162
  2. Yoqut Hamaviyil Muʼjamu-l-buldon. J.1. — B. 195
  3. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 576.