Muhammad ibn Yusuf Varroq
Muhammad ibn Yusuf Varroq (arab. محمد بن يوسف الورّاق) (904, Gvadalaxarada - 973 yoki 974- yil Kordova) – andalusiyalik geograf va tarixchi[1].
Muhammad ibn Yusuf Varroq | |
---|---|
Tavalludi |
904, Gvadalaxara |
Vafoti | 973 va oktyabr 973 |
Fuqaroligi | andalusiya |
Kasbi | islom tarixchisi,geografiya |
dini- islom |
Hayoti
tahrirU ko‘p yillar Qayravonda yashab, xalifa al-Hakam II davrida Kordovaga qaytib keladi.
Asarlari
tahrirVarroq Hakam II uchun Shimoliy Afrikaga oid bir qator tarixiy-geografik asarlar yozgan. Garchi uning keng ko‘lamli asarlaridan ko‘plab parchalar bir asrdan keyin Bakriyning “Yo‘llar va saltanatlar kitobi”dan joy olgan bo‘lsa-da, asarlarining birortasi to‘liq saqlanib qolmagan[2]. Bakriy o‘z asarida Varroqqa tayangan holda ko‘chirgan parchalardan xulosa qilish mumkinki, u birinchi bo‘lib geografiya va tarixni aralashtirib yuborgan. Har qanday geografik mavzu uning tarixiy konteksti va batafsil tavsifi bilan birga keladi. Ibn Hazm uning nasabi Zenata barbar qabilalariga borib taqalishini eslatib o‘tadi.