Inshootlar gidravlikasi, muhandislik gidravlikasi — gidravlika boʻlimi. Gidrotexnika inshootlari (toʻgʻonlarning suv tushirmasi, suv boʻshatmasi, kanallar, novlar) dan oʻtayotgan suv harakatini hisoblash nazariyasini va shu insho-otlarning suv oqimi bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganadi. Inshootlarning asosiy oʻlchamlari va eng qulay shaklini aniqlash I. g . ning muhim vazifasi. I. g . da suyuklikning gʻovak muhitda harakatlanishi (filtrlanishi), toʻlqinlarning inshootlarga taʼsiri, toʻgʻonlar va gidrouzellar qurish vaqtida suv oqimini vaqtincha oʻtkazib turish masalalari ham oʻrganiladi (qarang Gidromexanizatsiya).

I. g . da suv oqimining koʻndalang dirkulyasiyasini hosil qilish yoʻli bilan dare oʻzanlarini rostlab turishning nazariy asoslari va usullari, suvni tosh va beton tashlab boʻgʻish nazariya-si, hisoblash va b. muhandislik masa-lalari ishlab chiqshtadi. Unda suyukliklar mexanikasining umumiy qonunlarini qoʻllash bilan birga eksperimen-tal tadqiqotlardan ham keng foydalaniladi. Katta tezlikdagi suv oqimini, suv oqimi aeratsiyasini, kavitatsiyasinn tekshirish, yuqori bosimli inshootlarni hisoblash va b. tad-birlar I. g . ning muhim masalalari hisoblanadi.

Oʻzbekistonda I. g . masalalari bilan Irrigatsiya ilmiy i.ch. birlashmasi olimlari shugʻullanadi. Unda gidrotexnika inshootlarining maqbul konst-ruksiyalarini yaratish va joylashtirish usullari ishlab chiqilgan va sugʻoriladigan dehqonchilikka keng joriy qilingan, berk drenaj uchun drenalarning konstruksiyalari, vertikal drenaj quduqlari majmualari va ularni avtomatlashtirish vositalari ishlab chiqilgan. Sirdaryo suv havzasini avtomatik boshqarish tizimi yaratilgan, melioratsiyaga doir boshqa salmoqli ishlar qilingan va b.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil