Muhandislik psixologiyasi — psixologiya sohasi; inson bilan mashina (texnika) oʻrtasidagi munosabatni, insonga mashinaning psixologik taʼsirini, insonning texnika bilan munosabat jarayoni psixologik qonuniyatlarini oʻrganadi. Muhandislik psixologiyasi fantexnika taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan. U quyidagi muammolarni tekshiradi: insonning boshk,-aruv tizimlaridagi, avtomatik qurilmalar, xususan, EHM bilan munosabatdagi vazifalari; EHM operatorlarining faoliyatida muloqot jarayoni va ularning oʻzaro taʼsiri; operator faoliyatining psixologik tuzilishi; operator ishining sifati, tezligi, samaradorligiga taʼsir qiluvchi omillarni tahlil qilish; operatorlar uchun psixodiagnostika va kasbga yoʻllash metodlarini ishlab chiqish va h.k.[1]

²== Manbalar ==

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil