Muhaymin Odilov (1898-yilda tugʻilgan) – oʻzbek maʼrifatparvar pedagogi.

Muhaymin Odilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1898-yil
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati oʻzbek
Kasbi
  • pedagog

Hayoti va mehnat faoliyati

tahrir

Muhaymin Odilov Toshkent shahar Koʻkcha dahasida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Otasi Odil qozi Ishoq oʻgʻli madrasani tugatib, haj va malakasini oshirish maqsadadida Makkaga borgan va 1901-yildan 1903-yilgacha oʻsha yerda yashagan. Hajdan qaytib kelgach, 1909-yilda vafot etgan.

Dastlab otasi qoʻl ostida xat-savodini chiqargan Muhaymin 1913-yilda ibtidoiy maktabni 4-sinfini tugatgan. 15 yoshdan boshlangʻich maktablarda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1918-yilda 4-son maktab mudiri etib tayinlangan. 1920-yilda muallimlarni qayta tayyorlash 8 oylik kursida oʻqib malaka oshirgan. 1920—1922-yillar mobaynida 1-son Internatda oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritgan[1].

1922—1925-yillarda 15-son maktab mudiri boʻlib ishlagan. Shu yili maorif xodimlari uyushmasi kotibi boʻlgan. 1927—1930-yillari SAKUda tahsil olgan. Shu bilan birga sovet-firqa maktabi qoshidagi klub va kutubxonani boshqargan. Tibbiyot bilim yurtida, buxgalter va statist kurslarida jamiyatshunoslik fanidan dars bergan. 1930-yildan yer komissarligining paxtachilik texnikumida jamiyatshunoslik fanidan dars berishga safarbar etilgan.

Bundan tashqari Samarqand tibbiyot ishchi fakultetida direktor, 1931-yilda Fargʻona va Qoʻqon temir yoʻl Ishchi fakultetida mudir boʻlib ishlagan. 1932-yilda Moskva agroximiya institutiga oʻqishga borgan, ammo kech borgani uchun orqaga qaytishga majbur boʻlgan va Oʻzbekiston davlat nashriyoti muharrirlar tayyorlash kursida oʻqituvchi, 1934—1938-yillarda maorif komissarligida uslubchi sifatida faoliyat yuritgan. Toshkent tibbiyot bilim yurti, sirtqi pedagogik bilim yurti inspektori lavozimida ishlagan. 1934-yilda firqadan oʻchirilgan.

1938—1940-yillar oraligʻida Termiz pedagogika bilim yurtida oʻquv boʻlimi mudiri, 1941-yil 9-oktyabrgacha Toshkent viloyati tumanlaridan birida uslubchi vazifasini bajargan.

Ayblov

tahrir

1942-yilda qamoqqa olinib , 1946-yil 15-oktyabrda ozod qilingan. 1942-yilda Chirchiqda, 1944-yilda Yalangʻochdagi 3-sonli lagerda jazoni oʻtagan. 1949-yil 18-martda qayta qamoqqa olingan. 31-mart kuni Krasnoyarsk oʻlkasining Igarka lageriga joʻnatilgan[2].

Vafoti

tahrir

Taqdiri nomaʼlum.

Manbalar

tahrir
  1. „АДИЛОВ Мухаймин“. centrasia.org. Qaraldi: 15-oktyabr 2024-yil.
  2. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.