Muhtaram, Hoji Neʼmatullo, Nozik (taxalluslari; asl ism-sharifi Mulla Muhammad Neʼmatulla qozi Sharafiddin oʻgʻli) (1880— Buxoro — 1920) — shoir va tazkiranavis. Buxoroda tahsil koʻrgan. Buxoro amiri Ab-dulahadxon saroyida xizmat qilgan. Asosan, forsiyda yozgan, koʻproq tazkirasi bilan tanilgan. "Tazkirat ush-shu-aro" (1908)si 2 qism — "Tazkirat ush-shuaro" va "Latoyif ulafkor fi radoif ul-ashʼor"dan iborat. Tazkiraning faqat birinchi qismining muallif dastxati va Sadr Ziyo tomonidan koʻchirilib, 59 shoir haqida maʼlumot ilova qilingan nusxasi saqlangan. Unda 19-asr oxiri —20-asr boshlarida yashab ijod etgan 133 shoir xdqida maʼlumot berilgan. Shoirlar arab alifbosi tartibida joylashtirilgan boʻlib, nomlari "alif"dan "qof"gacha boʻlgan harflar bilan boshlanadigan shoirlar zikr qilingan, qolganlarini Sadr Ziyo toʻldirgan. Asar 19—20-asr adabiy muhitini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil