Juvonmard Alixon
Juvonmard Alixon, Juvonmard sulton, Muiniddin Javonmardali sulton bin Abu Saidxon (?—1578.6.10) — Samarqand hokimi (1572—78). Shayboniylardan. Koʻnkunchixonning nabirasi. Xorazmdagi oʻzaro ichki nizolardan foydalanib Movarounnaxrdagi shayboniylardan Ubaydullaxon, Baroqxon (Navroʻz Ahmadxon) va Hisor sultonlari bilan birgalikda 1532/33 yillarda Xorazmga qilingan yurishda qatnashgan. Baroqxon davrida akasi Gadoyxon bilan Fargʻonada hokim boʻlgan, soʻngra ular Abdullaxon 11 bilan ittifoq boʻlib Baroqxon vafotidan soʻng Samarqandni egallagan Boboxondan shaharni tortib olishadi (1557). Samarqand J. A.ning akasi Sulton Saʼidga topshiriladi (1557—72). Uning vafotidan soʻng J. A. taxtga oʻtiradi. J. A. Abdullaxonning Toshkent va Turkiston xonlari Boboxon va Darveshxonlarta qarshi kurashida faol ishtirok etgan, jumladan qoʻshinning oʻng qanotiga oʻgʻillari Abulxayr sulton va Muzaffar sultonlar bilan birga bosh boʻlgan. 1578 y. bahorida ota-bolalar oʻrtasida nizo chiqadi. Abdullaxon 2 oylik qamaldan soʻng (12 aprel—13 iyun) shaharni egallaydi. J. A. oila aʼzolari bilan Navqo qalʼasiga qamalgan. 1578 y. 6 oktabrda Abulxayr sulton Abdullaxonning inisi Ibodulla sulton oʻrdugohida oʻldirilgach, Hofiz Tanish Buxoriypint yozishicha, "qutli hukmga muvofiq Eshimbiy jaloir Navqoga bostirib kirib... Juvonmard(xon)ni ikki bolasi bilan (birga) nobud qildi..." ("Abdullanoma", 1-j., 314 b.). J. A. Samarqand obodonchiligiga katta eʼtibor bergan, jumladan uni katta hammom soldirgani (1574) maʼlum. J. A. sheʼriyatga ixlosmand boʻlib, oʻzi ham sheʼrlar yozgan. "Tazkirat ush-shuaro" muallifi Mutribiy uning saroyida (70-yillar) xizmat qilgan. Joʻybor xojalaritszm Muhammad Islom uning piri boʻlib, J. A. u bilan xat yozishib turgan.
Adabiyot
tahrir- Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Hofi z Tanish alBuxoriy, Abdullanoma, 1-kitob, T., 1999; Ahmedov B. A., Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv, T., 1985.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |