Mujohid
Mujohid (arab. — eʼtiqod uchun, muqaddas ish uchun kurashchi; aynan — jihod urushining ishtirokchisi) — din, xudo yoʻlida jang qiluvchi kishi. Ilk islomda va oʻrta asrlarda M. tu-shunchasi shu maʼnoda talqin etilgan. Yirik islom ruhoniylari yoki tashkilotlari biror urushni jihod (gʻazavot) deb fatvo bergan holdagina shu urush qatnashchilari M.lar hisoblangan. 20-asr boshlarida Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi kurash olib borganlar ham uzlarini M.lar deb nomlashgan. Hozirgi davrda musulmon mamlakatlarida demokratik harakatlarga va millim hukumatlarga qarshi kura-shayotgan turli guruhlar M. nomidan foydalanadilar.[1] Абу Ҳурайра رضي الله عنه; Мен Росулуллоҳ ﷺни шундай деганликларини эшитдим:
«Аллоҳни йўлида ( Рибот ёки жангоҳда ) бир муддат туришлик. Ҳажарул Асвад ёнида, Қадр кечасини ибодат билан ўтгазишликдан янада афзалдир.»
Буҳорий, Тариҳ-4 (2/408). Ибн Ҳиббон, Саҳиҳ 7/61 (4584)
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |