Mukarram Turgʻunboyeva koʻchasi (Toshkent)
Mukarram Turgʻunboyeva koʻchasi — Yunusobod tumanining „Yangiariq“, „Oqibat“ va „Jomiy“ mahallalari hududida. Axmad Donish va Iftixor koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1,3 km atrofida.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yunusobod |
Uzunligi | 1.3 km |
Avvalgi nomlari | Jeleznovodsk koʻchasi |
Kim sharafiga nomlangan | Mukarram Turgʻunboyeva |
1951-yil tashkil topgan. Dastlab Jeleznovodsk nomi bilan yuritilgan. 1979-yil 24-aprelda Oʻzbekiston xalq artisti Mukarram Turgʻunboyeva nomi berilgan[1].
Yoʻnalishida shaxsiy turar joy binolari, madaniyat uyi, dorixona, bekat va doʻkonlar joylashgan. Koʻcha yonidan t.y. oʻtgan. Koʻcha boʻylab jamoat transporti vositalari harakat qiladi. Yaqinida „Yunusobod-tennis“ davlat tennis klubi, „Oʻzbekiston“ davlat tennis klubi, „Universal“ sport saroyi hamda sanoat korxonalari mavjud.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.