Ahmad Donish koʻchasi (Toshkent)

Toshkent koʻchalaridan biri

Ahmad Donish koʻchasi — bosh qismi Olmazor tumanida, asosiy qismi Yunusobod tumani hududida. Katta halqa yoʻli va Kichik halqa yoʻli oraligʻida joylashgan. Uzunligi 8 km atrofida.

Ahmad Donish koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Olmazor
Yunusobod
Uzunligi 8 km
Yaqin metro bekatlari Yunusobod
Turkiston
Kim sharafiga nomlangan Ahmad Donish
Koʻchada joylashgan binolar Ahmad Donish buyum bozori
Yunusobod dehqon bozori
17-sonli klinik shifoxona

1983-yilda Ahmad Donish nomi qoʻyilgan. Ahmad Donish koʻchasining t.y. oʻtgan qismida koʻprik, Amir Temur shoxkoʻchasi va Ustalarida yoʻloʻtkazgich bunyod etilgan. Bu yoʻloʻtkazgichlarning qurilishi Ahmad Donish koʻchasining yanada serqatnov boʻlishini taʼminlab, aholiga qulaylik yaratdi[1].

Koʻcha yoʻnalishida 17-sonli klinik shifoxona, „Yunusobod“, dehqon bozori va uning shoxobchapari, kiyim-kechak bozori, Yunusobod, 2-, 3-, 4-, 5-, 11-, 12-, 13-, 14-, 15-, 16-turar joy mavzelari, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, avtobus boshbekati joylashgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.