Yunusobod – Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻlining bekatlaridan biri[1][2][3][4]. Vokzal shu nomdagi tuman – „Yunusobod“ nomi bilan atalgan.

Metro bekati
«Yunusobod»
Yunusobod
Ochilish sanasi 2020-yil 29-avgust
Tuman Yunusobod tumani
Turi kolonnali
Chuqurligi 8 metr
Platformalar soni 1
Platforma turi orolchali
Platformalar uzunligi 102 metr
Platformalar kengligi 12 metr
Platforma muhandislari V. I. Bensler, R. Devonov
Qurilish tashkiloti Oʻzbekiston temir yoʻllari
Koʻchalarga chiqish Ahmad Donish koʻchasi
Yangishahar koʻchasi
Yunusobod dehqon bozori
MegaPlanet savdo majmuasi
Yerusti transporti A: 60, 72, 82, 91, 95, 96, 97, 140, 149, 5A
M: 20, 27, 28, 40, 62, 68, 77, 80, 91, 97, 102
Ochilish vaqti 5.00
Yopilish vaqti 0.00
Yunusobod

Tavsifi tahrir

Bekat ustunli, ikki oraliqli, sayoz, egri platformali (Toshkent metrosining egri platformali yagona bekati), ikkita yer osti vestibyulli. Bekat dizayni platforma markazida bir qator relyef ustunlari bilan noyob qiyalik uslubida qurilgan. Kirish qismida Toshkentning zamonaviy va qadimiy qiyofasini aks ettiruvchi oyna koʻrinishidagi rasmlar oʻrnatilgan. Platformaning devorlarida oltita ekran kompozitsiyasi mavjud.

Qurilishi tahrir

2016-yilning 7-noyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan avval yer osti suvlari sizib chiqishi sababli toʻxtatilgan „Yunusobod“ va „Turkiston“ bekatlari qurilishi qayta tiklandi. Qurilish jarayonida Germaniya va Rossiyadan kelgan qurilish texnikalaridan foydalanilgan. Loyihada nemis texnologiyasi qoʻllanilgan, buning natijasida suvli qatlam temir-beton quvurlar yordamida bartaraf etilgan. 2019-yil 30-noyabr kuni yer osti oʻtkazgich qurilishi munosabati bilan avtomobil yoʻlining ayrim uchastkalari vaqtincha yopildi. 2020-yil 15-iyunda yakunlandi. „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabariga koʻra, Yunusobod va „Turkiston“ stansiyalari qurilishining umumiy qiymati 103,8 million AQSH dollarini tashkil etgan. 2020-yil 29-avgustda Yunusobod stansiyasi foydalanishga topshirildi.

Avariya tahrir

2019-yil 18-dekabrda bekat qurilishida yon devorning qulab tushishi oqibatida avariya holati kelib chiqqan.[5] Hodisa joyiga huquq-tartibot organlari xodimlari, qutqaruchilar, shifokorlar yetib kelishgan, qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan[6] Oʻzbekiston Bosh vaziri boshchiligida avariya oqibatlarini bartaraf etish komissiyasi tuzildi[7] Hodisaga, birinchidan kuchli yomgʻir natijasida beton devorning orasiga suv toʻplanib, yaxshi mustahkamlanmagan devor ogʻirlik oqibatida qulab tushgani, ikkinchidan avtomobil qatnovi toʻxtatilmagani oqibatida yerdagi tebranish devorni qotirishga halal bergani aytildi[8]. 19-dekabr kuni qutqaruv yakunlandi. Qurbonlar soni 6ta ekani aytildi[9]. Shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jinoyat kodeksining 257-moddasi bilan (texnika xavfsizligi qoidalarini buzish) jinoiy ish ochildi[10][11][12]. Keyinchalik, bu jinoyat ishi dalillar yetarli emasligi sabali yopildi. Saylovlar doirasidagi anjumanlarda deptatlar qurilish sohasiga mas’ul shaxslarni tanqid qilishgan[13]. Deputat, „Go Uzbekistan“ loyihasi muallifi Fazliddin Hojimuhammedov esa Yunusobod bekatiga „Quruvchilar“ nomini berishni taklif qilgan[14] Oʻzbekiston temir yoʻllari halok boʻlgan har bir ishchilarning oilasi uchun 100 million soʻm (taqriban 10400 dollar) tovon puli ajratdi[15]. Shuningdek, ularning har bir oilasi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, doimiy moddiy taʼminlab turilishi aytildi[16]

Galereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Шавкат Мирзиёев: «Бу йўл ҳамма нарсани тезлаштиради. Ҳаракатни ҳам, иқтисодиётни ҳам, ҳаётни ҳам»“. kun.uz.
  2. „Метронинг Юнусобод йўналишидаги иккинчи туннелда бурғилаш ишлари якунланди“. Kun.uz.
  3. „Юнусободдаги кўчалардан бири вақтинча ёпилади“. Kun.uz.
  4. http://www.mirmetro.net/node/3046
  5. „Тошкент метросининг Юнусобод йўналиши қурилишида авария содир бўлди. Тупроқ остида бир неча киши қолиб кетган бўлиши мумкин“. Kun.uz.
  6. „Юнусободдаги метро аварияси: Бир неча ишчининг тақдири номаълумлигича қолмоқда“. Kun.uz.
  7. „Юнусободдаги авария оқибатларини бартараф этиш бўйича ҳукумат комиссияси тузилди“. Kun.uz.
  8. „ФВВ ва ССВ Юнусободдаги ер ўпирилиши бўйича маълумот берди“. Kun.uz.
  9. „Юнусободдаги авария жойида тупроқ остидан яна бир жасад олиб чиқилди. Қурбонлар сони 6 нафар“. Kun.uz.
  10. „Прокуратура Юнусободдаги ҳодиса юзасидан жиноий иш очди“. Kun.uz.
  11. „Юнусободдаги фожиа сабаби аниқланди“. Kun.uz.
  12. „Юнусобод фожиаси бўйича тузилган махсус комиссия қарори қачон эълон қилинади?“. Kun.uz.
  13. „«Мутасаддилар халқдан узр сўрасин» - ЎзЛиДеП вакили Юнусободдаги фожиа ҳақида“. Kun.uz.
  14. „Yunusobodda qurilayotgan metro bekatlaridan biriga “Quruvchilar” nomini berish taklif qilindi“. Daryo.uz.
  15. „Юнусободдаги фожиада ҳалок бўлган ишчиларнинг оилаларига 100 млн сўмдан компенсация ажратилди“. Kun.uz.
  16. https://kun.uz/news/2020/02/23/yunusobod-metrosi-qurilishida-halok-bolgan-yigitlar-yaqinlari-ularning-ushalmay-qolgan-orzulari-haqida