Mukor zamburugʻlar (Mycorales) — fikomitsetlar sinfiga mansub tuban zamburugʻlar tartibi, koʻp yadroli hujayrasiz mitseliydan rivojlanadi. Jinssiz koʻpayish organlari — sporangiy. Jinsiy koʻpayishi — zigogamiya. Zigosporalar bitta yoki bir nechta mitseliy tarmoqlarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Mukor zamburugʻlarning 6—8 oilasi (250 ga yaqin turi) bor. Koʻpchilik Mukor zamburugʻlar saprofit, organik substratlarda yashaydi; baʼzilari boshqa Mukor zamburugʻlarda, yuksak zamburugʻlarda, mevalarda va oʻsimliklarning boshqa qismlarida yashab, har xil kasalliklar qoʻzgʻatadi. Ular odam va hayvonlarni ham kasallantirishi mumkin. Ayrim Mukor zamburugʻlar, mukor achitqilar bijgʻitish xususiyatiga ega boʻlganligi uchun alkogolli ichimliklar tayyorlashda foydalaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil