Mulchalash (ing. mulch — qoplash) — tuproq betini kalin mulchaqogʻoz yoki havol (poxol, torf, chirindi, goʻng va boshqalar) materiallar bilan yoppasiga yoki qator oralatib yopish. M. oʻsimlikning oʻsishi sharoitiga ijobiy taʼsir etadi; yer betidan namning bugʻlanishini kamaytiradi, sutka davomida haroratning oʻzgarish amplitudasi muqobil boʻlishini taʼminlaydi, yer betini suv yuvib ketishi va shamol uchirib ketishidan himoya qiladi, tuproq strukturasini saqlash va yaxshilash imkonini beradi, tuprokda kechadigan biokimyoviy foydali jarayonlarni kuchaytiradi; natijada oʻsimlikning oziqlanishi yaxshilanadi, yer betini qatqaloq bosishdan saqlaydi.

Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan yengil mexanik tarkibli va qumoq tuproklari sharoitida ekinlarni yetishtirishda, tuproqning ustki qismini mustahkamlovchi va uni yuvilishi hamda shamol koʻtarib ketishidan saklovchi oraliq ekinlar angʻizi mulcha vazifasini bajaradi. M. kuchli shamol eroziyasi kuzatiladigan yerlarda cheklangan maydonlarda qoʻllanadi. 20-asrning 90-yillar oxirida Oʻzbekistonda chigitni Andijon texnologiyasi asosida plyonka ostiga ekishda M.ning yangi usuli katta maydonlarda amalga oshirilmok,da. Bunda chigit ekish bilan bir vaqtda pushta ustiga seyalkaga oʻrnatilgan maxsus moslama yordamida plyonka toʻshalib, har bir uyaga 3—4 tadan chigit ekiladi, uya ustidagi plyonka teshib ketiladi. Gʻoʻza qiygʻos shonalangandan keyin plyonka yigʻishtirib olinadi.

Ziyomiddin Artukmetov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil