Mullakuding
Mullakuding – Namangan viloyatidagi Namangan tumanida joylashgan qishloq boʻlib, tuman markazidan 14 kilometr uzoqlikda joylashgan. Eng yaqin temir yoʻl bekati Oqtosh boʻlib, tuman markazidan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan. Katta Toshbuloq, Xoʻja qishloq, Guldirov, Tepaqoʻrgʻon qishloqlari bilan chegaradosh. Aholisi 12197 kishi (2023-yil), maydoni esa 1000 gektar.
Qishloqning oʻziga xos tomonlaridan biri shuki – bu yerdagi qabristonning tarixiy ahamiyati bor. Maʼlumotlarga qaraganda, bu yerda Ahmad Yassaviy avlodlari dafn etilgan.
Rivoyatlarga koʻra, bu qishloqda mashhur bo‘z toʻquvchi yashagan boʻlib, u toʻqilgan matolarni kudunglash – jilo berish sanʼatini ham kashf etgan.Boʻzchilar turli hududlardan kelib, matolarini mana shu ustaga tekislatib, kudunglatib ketishgan. Qishloqning nomi ham shundan kelib chiqqan deya tariflanadi. Isʼhoqxon Ibratning „Tarixi Fargʻona“ asarida qishloq nomi Malakdoʻng sifatida keltirilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 99-bet.