Mullo Erkayev
Mullo Erkayevich Erkayev (1910-yil 9-may – 1996-yil 12-dekabr) – sovet olimi va oʻqituvchisi, SSSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1967).
Biografiyasi
tahrir1910-yil 9-mayda Buxoro amirligining Boysun bekligi Sayrab qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan, ota-onasidan erta ayrilgan, 1925—1927-yillarda „Dushanbe“dagi bolalar uyida yashagan, shundan soʻng Toshkentga oʻqishga yuborilgan.
1929-yilda institutni tugatgach, oʻqituvchilik, ilmiy va ijtimoiy faoliyat bilan shugʻullanadi.
1941-yilgacha Dushanbedagi pedagogika texnikumi va boshqa oʻquv muassasalarida oʻqituvchi, oʻquv boʻlimi mudiri boʻlib ishlagan.
1939-yilda T. P. Shevchenko nomidagi Stalinobod davlat pedagogika institutining tarix fakultetini tamomlagan.
1941—1950-yillarda – partiyaviy ishlarda – Tojikiston Kommunistik partiyasi bir qator viloyat komitetlarida masʼul lavozimlarda ishlagan.
1949—1975-yillarda V. I. Lenin nomidagi Tojikiston davlat universitetida ishlagan, 1950-yildan KPSS tarixi kafedrasi mudiri.
1953-yilda Dushanbe davlat pedagogika institutining aspiranturasini sirtdan tamomlab, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1963-yilda professor ilmiy unvoni berilgan.
1964-yilda „Tojikistonda fuqarolar urushi tarixi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1967 yilda SSSR Pedagogika fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylandi.
Ilmiy faoliyati
tahrirIlmiy qiziqishlari: oʻlkashunoslik, Tojikiston tarixi, taʼlim tarixi.
Rus, tojik va oʻzbek tillarida 30 dan ortiq monografiya va risolalar, 60 dan ortiq ilmiy maqolalar va 80 ga yaqin materiallar muallifi.
Rahbarligida 50 dan ortiq fan nomzodi va doktorlari yetishib chiqqan.
Havolalar
tahrir- „Труженик просвещения и науки (к 110-летию доктора исторических наук, профессора, академика Академии педагогических наук СССР Мулло Иркаевича Иркаева)“. narodnaya.tj. 2021-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-noyabr.