Multiplikator - 1) mashina valining aylanishlar chastotasini (sonini) oshirish uchun moʻljallangan qurilma. Kuchaytiruvchi tishli uzatmalardan iborat. Alohida mexanizm tarzida tayyorlanadi. Mashina valining aylanishlar chastotasi muayyan opera-siyani bajarish uchun yetarli boʻlmagan hollarda M.dan foydalaniladi. M. asosan turli sinov ishlarida, lab.da qoʻllanadi; 2) suyuklikning bosimini oshirish uchun moʻljallangan gidravlik qurilma. Birbiriga tutashtirilgan ikki silindrdan iborat (rayem). Silindrlardan biri yuqori bosimga, ikkinchisi past bosimga moʻljallanadi. Past bosim silindrida katta diametr (D) li porshen joylashgan. U yuqori bosim silindrida joylashgan kichik diametr (d) li plunjer bilan biriktirilgan. Ish silindriga boradigan bosim R dan -g- marta (40—60-marta) katta boʻladi. M. gidravlik presslarda, pnevmogidravlik kuchaytirgichlarda qoʻllanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil